O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya geografik jihatdan bir-biridan uzoq bo‘lsada, lekin ko‘ngli yaqin, tinchlik va taraqqiyot yo‘lida maqsadi mushtarak davlatlardir.

Mamlakatlar o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari tobora kengayib bormoqda. Yurtimiz oliy ta’lim muassasalari Koreya Respublikasining
30 dan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik haqida so‘z yuritilarkan, albatta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 noyabrdagi Toshkent shahridagi Adju universiteti ochilganini alohida qayd etish lozim.

bugungi kunda universitetda 839 nafar talaba arxitektura, qurilish muhandisligi, elektrotexnika va kompyuter muhandisligi yo‘nalishlarida tahsil olmoqda.

Professor Keechoo Choi Adju universiteti Prezidenti sifatida o‘z lavozimiga kirishdi. Inauguratsiya tadbiri 2022 yilning 7 fevral kuni Adju universitetining marosimlar saroyida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasining mas’ul xodimi Z.Saidov, Toshkent shahridagi Adju universiteti rektori G.Muratov, birinchi prorektor Jeyk Ik Lim ishtirok etdi.  Adju universiteti Koreya Respublikasida elektron muhandislik, mashinasozlik, fermentatsiya kimyosi muhandisligi va sanoatni boshqarish sohalarida yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

 O‘zA