Berdaq nomidagi Qoraqalpoq  Davlat Universitetida turkman klassik adabiyotining otasi, zabardast lirik shoir Maxtumqulining 300 yilligi tantanali ravishda nishonlandi. Mazkur tadbirda turkman filologiyasi fakulteti, chet tillari fakultetining ingliz va nemis tillari kafedralari, òzbek va qoraqalpoq filologiyalari talabalari faol ishtirok etishdi.

Maxtumqulining 300 yillik yubileyida uning  qalamiga mansub she’rlari shoirlar, óqituvchilar va talabalar tomonidan mohirona ijro etildi.

Qolaversa adibning she’rlari nafaqat turkman, balki òzbek, rus, ingliz, nemis va qoraqalpoq tillarida qoyilmaqom tarzda òqib eshittirildi.

Bundan tashqari tadbirda Maxtumqulining hayotiga bağishlangan sahna kòrinishlari ham iste’dodli yoshlar tomonidan sahnalashtirildi.

Tadbirga kelgan mehmonlar Maxtumquli va uning asarlari haqida kòpgina qiziqarli ma’lumotlar oldi va talabalar tomonidan ijro qilingan turkman milliy qòshiqlari va raqslarini tomosha qilib madaniy hordiq chiqardilar.

Chet tillari fakultetining 2-kirs talabasi Bekturdiyeva Laylo ham ushbu tadbirga guvoh bòldi. Undan  tadbir haqidagi fikrlarini sòraganimda quyidagicha javob berdi:

– Tadbir davomida menga uluğ shoirlarimizning Mahtumquli haqidagi òqigan she’rlari judayam yoqdi va Mahtumquli haqidagi bu chiroyli satrlar meni ta’sirlantirib qòydi . Qolaversa, men tadbir davomida buyuk shoirimiz haqida kòproq ma’lumotlarga ega bòldim-deydi Chet tillari fakultetining 2-kirs talabasi Bekturdiyeva Laylo.

Shuningdek, universitetning òzbek filologiyasi fakultetining 1-kurs talabasi Olloyorova Yorqinoy tadbir haqida quyidagicha fikr bildirdi: “ bugungi tadbirda Mahtumqulining men bilmagan juda kòplab asarlari haqida ma’lumotlar oldim. Ayniqsa, uning turkman xalqi uchun kòrsatgan jonbozliklari meni hayratga soldi”.


Tadbir nihoyasida unda faol ishtirok etgan barcha talabalar  faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

 

                Gulnoza Ro’zimova,

QDU, Jurnalistika mutaxassisligi 4-bosqich talabasi.

Qoraqalpogiston axborot agentligi