O‘zbekistonning ijobiy imiji, turistik salohiyati va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, mamlakat aeroportlari va aviakompaniyalarini dunyo jamoatchiligiga tanitish maqsadida joriy yilning 26 yanvarida Vazirlar Mahkamasining «Aviaspottingni rivojlantirish uchun shart – sharoitlar yaratish chora – tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 maydan boshlab O‘zbekiston Respublikasidagi xalqaro aeroportlarda aviaspotting – belgilangan tartibga asosan aeroportlarda havo kemalari harakatini hamda parvozini kuzatish, shuningdek, ularni professional va havaskorlar (aviaspotterlar) tomonidan foto, video tasvirga olishga ruxsat beriladi.

Respublikadagi barcha xalqaro aeroportlar hududida ularning boshqaruv shaklidan qat’i nazar, shuningdek, ularga tutash hududlarda parvozlar xavfsizligi talablari, Xalqaro aviatsiya tashkiloti (IKAO) tavsiyalari va ilg‘or xorijiy tajriba hisobga olingan holda, aviaspotting mashg‘ulotlari uchun ixtisoslashtirilgan joylar bosqichma – bosqich ajratiladi.

O‘zA