Internet orqali cheklovsiz savdo? Buning iloji bor!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni amaldagi valyutani tartibga solish tizimini tubdan isloh qilish, valyuta siyosatini liberallashtirish, barcha tadbirkorlik subyektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratishga xizmat qilayotgani bilan muhim ahamiyatga egadir.

Farmonga asosan O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar tijorat banklarining konversion bo‘limlarida sotib olingan mablag‘larni xalqaro to‘lov kartalariga o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibga asosan sotib olishi va chet elda hech qanday cheklovlarsiz ishlatishi mumkinligi belgilangan.

Слайд2.JPG

Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida respublika tijorat banklari, shu jumladan, ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda. Bugungi kunda bank tizimida faoliyat yuritayotgan 38 ta Konversion operatsiyalari bo‘limlarida xorijiy valyutani fuqarolarga sotish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Mijozlar bank filiallarida emissiya qilingan VISA xalqaro to‘lov kartalaridan foydalanib internet tarmog‘ida xaridlarni bemalol amalga oshirishlari mumkin. Shunisi ahamiyatliki, internet tarmog‘i orqali dunyoning istalgan davlatidan tovar va xizmatlarni sotib olishda hech qanday cheklovlar yo‘q.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

(+99871) 150-76-46, 150-76-84, www.qqb.uz

 
“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Bank axborot xizmati
Xizmatlar litsenziyalangan.

 

O’zA