Qoraqalpog’iston Respublikasi Amudaryo tumanining 379 fermer xo’jaligi mo’l g’alla hosili etishtirdi. Ayni kunlarda o’rim-yig’im ishlari yakuniga etmoqda.

Tajribali mirishkor Nurbek Saparboev rahbarlik qilayotgan «Saparboy-Qo’ziboy» fermer xo’jaligi davlatga g’alla sotish bo’yicha shartnoma rejasini ortig’i bilan bajardi.

—G’alladan bo’shagan maydonlarga kartoshka, sabzi, pomidor, kungaboqar kabi takroriy ekinlar ekmoqdamiz, – deydi N.Saparboev. — Erta bahorda ekilgan 40 gektar maydondagi g’o’za ham baravj o’smoqda. Texnikalarimiz etarli. Nasib bo’lsa, kuzda xalqimiz dasturxoniga bir nechta turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etkazib berishni rejalashtirganmiz