O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi tashkil etilgan edi.

Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, endilikda www.1hls.uzplatformasida kuniga 10 ming qadam yurgan fuqarolarni rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy qilinmoqda.
Platforma foydalanuvchilarini yanada ko‘proq rag‘batlantirish maqsadida har hafta bitta 100 million so‘m miqdorida pul mukofoti va mingta velosiped o‘ynaladi.
Har hafta g‘oliblar “Sport” telekanalida jonli efirda tasodifiy tanlab olish mexanizmi orqali aniqlanadi.
Shaffoflik va xolislikni ta’minlash maqsadida jamoatchilik faollari, IT-mutaxassislari, jurnalist, huquqshunos va blogerlardan iborat jamoatchilik nazorati kengashi tashkil etildi hamda barcha jarayonlar ustidan qat’iy nazorat olib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, yangi rag‘batlantirish tizimi ishga tushgani munosabati bilan 2022 yil 16 yanvardan boshlab kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘m berish to‘xtatiladi. Lekin 15 yanvargacha 1hls.uz platformasida 10 ming qadam yurgan fuqarolarga pullar to‘liq to‘lab beriladi.

O‘zA