Joriy yil 15 yanvardan boshlab “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkent-Olmaota-Toshkent, Samarqand-Olmaota-Samarqand, Nukus-Oqto‘be-Nukus, Urganch-Oqtov-Urganch, Nukus-Oqtov-Nukus yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam qatnovni tiklaydi.

Ta’kidlash joiz, Olmaota xalqaro aeroporti xalqaro reyslarni Olmaota vaqti bilan soat 08.00 dan 21.00 gacha qabul qiladi. Shu munosabat bilan Toshkent-Olmaota-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-765/766 qatnovi 16 yanvar kuni bekor qilinadi. Mazkur parvoz yo‘lovchilari 17 yanvar kuni Toshkent-Olmaota-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-763/764 reysi orqali manzilga yetkaziladi.

Olmaota, Oqto‘be, Oqtov shaharlarida bekor qilingan qatnov yo‘lovchilari chiptaning to‘liq qiymatini xarid qilingan joyda qaytarib olish yoki istalgan boshqa bo‘sh sanaga bepul qayta bron qilish huquqiga ega.

 

O‘zA