O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sherikligining hozirgi holati va aloqalarni har tomonlama rivojlantirish istiqboli muhokama qilindi.

Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoniga alohida e’tibor qaratildi.

Tez orada savdo-iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda. Tashrif doirasida turli sohalar bo‘yicha aniq loyihalar ijrosi ham ko‘rib chiqiladi.

Tashqi ishlar vazirligi

matbuot xizmati