Rossiya Federatsiyasi Prezidenti
Vladimir Putin Janobi Oliylariga

Muhtaram Vladimir Vladimirovich!

Tataristonda yo‘lovchi avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchragani oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jabrlangani haqidagi xabar meni chuqur qayg‘uga soldi.

Chuqur ta’ziya izhor etaman, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman, jabrlanganlarning barchasi tezroq sog‘ayib ketishini tilayman.

Qayg‘u bilan,

Shavkat Mirziyoyev,    
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti