Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Murat Kamalov AQSHning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyumni qabul qildi.

Uchrashuvda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi M.Kamalov mehmonni Orolbӯyiga tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston va AQSH davlatlari o‘rtasidagi strategik sheriklik va o‘zaro diplomatik aloqalar savdo-iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilib, bu borada amalga oshirilayotgan loyihalar o‘zining ijobiy natijalarini berayotganini ta’kidladi.

O‘z navbatida AQSHning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum samimiy qabul uchun minnatdorchilik izhor qildi. Prezidentimiz rahbarligida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ulkan o‘zgarish va yangilanishlarga yuksak baho berdi.

Qabulda kelajakda hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Ma’lumot uchun, Deniyel Rozenblyum tashrif davomida I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi, Mizdahqan tarixiy yodgorligi, ta’lim va tibbiyot muassasalari bilan tanishuvi, Orol dengiziga sayohati rejalashtirilgan.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA