Ukraina RF muzlatilgan aktivlari foizidan 50 milliard dollar oladi

Katta yettilik davlatlari Rossiyaning muzlatilgan aktivlari foizi hisobidan Ukrainaga 50 milliard dollar berishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Germaniya moliya vaziri Kristian Lindner ma’lum qildi.
– Yaxshi xabar: Ukraina uchun yana 50 milliard dollar, – deb yozdi Lindner ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. – Buning uchun biz muzlatilgan aktivlar foizidan foydalanamiz. G7 guruhi hozir tafsilotlar ustida ishlayapti.