Toshkentda o‘tayotgan O‘zbekiston-Koreya sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Koreya Respublikasi Birinchi xonimi Kim Kon Xi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Samimiy va do‘stona muhitda o‘tgan suhbat davomida xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni yanada mustahkamlash, madaniy va gumanitar almashinuvlarni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Oliy martabali mehmon o‘zbek amaliy san’at ustalarining ijod namunalari bilan tanishdi, xalqimiz an’ana va urf-odatlari namoyish etildi.