Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani “Kun Nuri” MFYda joylashgan “Stroy group-1” MCHJ tomonidan yangidan qurilgan 24 xonadonli ko‘p qavatli aholi turar-joyining tom qismida har birining quvvati 300 Vt bo‘lgan 48 ta quyosh modulining jami quvvati 14,4 kVt bo‘lgan monokristal tarkibli quyosh panellari o‘rnatildi va har bir xonadon uchun 0,6 kVt quvvatli elektr jihozlariga ajratildi.

“O‘zenergoinspeksiya” Matbuot xizmati ta’kidlashicha, ushbu tashabbuslar yurtimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishda va elektr energetika sohasi tizimini sifat jihatidan yaxshilanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning oktyabr oyida “O‘zenergoinspeksiya” Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021-2022 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror talablarining bajarilishi bo‘yicha ko‘p kvartirali uy-joylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganilgan.

 

Ye.Qanoatov, O‘zA