Kegayli tumanidagi “Nurli bostan” MFY hududida zamonaviy dizayndagi “Yoshlar markazi” binosi quriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi raisi Abatbay Daniyarovning aytishicha, vurilish ishlari boshlanish arafasida.

Xabarda ta’kidlanishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Rayosatining 2021 yil 4 maydagi “2021-2022 yillarda Kegayli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy tomondan rivojlantirishga mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Unga ko‘ra, 2021-2022 yillarda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy tomondan rivojlantirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan 30 mlrd. va Kegayli tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan 16 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan. Tuman markazida “Yoshlar markazi” binosi qurilishi ham boshlanishi kutilmoqda.

 

Ye.Qanoatov, O‘zA