Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning buxorolik saylovchilar bilan uchrashuvi davom etmoqda.

–bugungi kunda viloyatda elektr energiyasi ishlab chiqarish manbalari mavjud emas. Shuning uchun 1,6 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobidan 4 ta shamol, quyosh va issiqlik elektr stansiyalari barpo etiladi. Ushbu stansiyalar yiliga 6,3 milliard kilo-vatt soat yoki viloyat ehtiyojiga nisbatan ikki barobar ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Jumladan, 2023 yilda Peshku va G‘ijduvonda jami quvvati 1 ming mega-vatt bo‘lgan 2 ta shamol elektr stansiyasi quriladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

O‘zA