Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning buxorolik saylovchilar bilan uchrashuvi davom etmoqda.

–Hammamiz yaxshi bilamiz, ko‘hna va boqiy Buxoro insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimiy beshiklaridan biri hisoblanadi. Bu qutlug‘ diyorda o‘tmishda 400 ga yaqin madrasa, jumladan, 33 ta oliy madrasa, ya’ni, oliy o‘quv yurti faoliyat yuritgani bugun ham, odamni hayratga soladi. Buxoro – Imom Buxoriydek buyuk hadisshunos olimlar, Muhammad Narshaxiydek ulug‘ tarixchilar, Ibn Sinodek tibbiyot ilmining piri bo‘lgan tengsiz allomalar, qadri baland insonlar yurti.

Buxoro – “yetti pir” nomi bilan ma’lum va mashhur bo‘lgan aziz-avliyolar xoki poklari yotgan muqaddas zamindir. O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Buxoroi sharifdan bugungi kungacha uch mingdan ziyod mashhur olim va adiblar, siyosat va jamoat arboblari, madaniyat namoyandalari yetishib chiqqan,– dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

O‘zA