Joriy yilning 26-iyul – 11-avgust kunlari Parij shahrida XXXIII Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Shu kunga qadar O‘zbekiston sport delegatsiyasi jami 38 ta yo‘llanmaga ega bo‘lib turibdi.
Shu o‘rinda, «Parij-2024» yozgi Olimpiya o‘yinlarida faoliyat olib boruvchi hakamlarimiz safi ham kengaymoqda.
Jumladan, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) bo‘lajak Olimpiadada ishtirok etadigan referilar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, xalqaro toifadagi hakamimiz Vyacheslav Pereteyko «Parij-2024» dzyudo musobaqalarida hakamlik qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Ma’lumot uchun, V.Pereteyko «Tokio-2020» Paralimpiya o‘yinlarida faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval «Parij-2024» Olimpiya o‘yinlarida musobaqalarni boshqarib boradigan hakamlar ro‘yxatidan sport gimnastikasi bo‘yicha xalqaro toifadagi hakamimiz Ravshanbek Mirzayev o‘rin olgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA