Ayni paytda Bo‘zatov tumanida O‘zLiDePdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kelgusi besh yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi hayotini yaxshilash bo‘yicha rejalar bayon qilinmoqda.

Qoraqalpog‘istonda suv tanqisligi eng og‘ir muammolardan. Qayd etilishicha, Nukus, Kegeyli, Chimboy, Qorao‘zak, Bo‘zatov, Mo‘ynoq tumanlaridan o‘tadigan “Kegeyli” hamda Shumanay, Qonliko‘l, Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq, Xo‘jayli tumanlaridan o‘tuvchi kanallar yuzasi 300 metr bo‘lib ketgan. Oqibatda 60 foiz ham suv manzilga yetib bormayapti.

Shavkat Mirziyoyev ana shu kanallarni “parallelnыy” deb atadi. Ushbu kanallarni betonlash, 16 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilishga 100 million dollar ajratiladi.

Buning hisobiga 80 ming gektar yerlarning suv ta’minoti va meliorativ holati yaxshilanadi. Bu ishlar yaqin kunlarda boshlanadi.

 

O‘zA