Milan meri Juzeppe Sala “Milan” futbol jamoasi “Inter” klubi bilan birgalikda “San-Siro” stadionini qayta qurishdan bosh tortishi mumkinligini va butunlay yangi stadion qurishni ma’qul ekanligini ta’kidladi.

Bu bayonotga ko‘ra, “Milan” jamoasi o‘zining rasmiy saytida ushbu hodisalarning ehtimolligini inkor etib, shunday javob berdi: “Klub o‘z stadionini tark etishni rejalashtirmayapti va uni qayta qurish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi”.

Ma’lumot uchun: “Milan” 1926 yildan beri “San-Siro”da o‘z o‘yinlarini o‘tkazib keladi. “Qizil-qora”larning azaliy raqibi – “Inter” klubi bu stadionda 1947 yildan buyon uy uchrashuvlarini o‘tkazib keladi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA