Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.
Ta’kidlash lozimki, el orasida va davlat idoralarida tadbirkorlarga nisbatan munosabat o‘zgardi, jamiyatda ularning obro‘ va mavqei, kun sayin tobora ortib bormoqda.
Natijada ichki va tashqi bozorda o‘z mustahkam o‘rniga, nufuzi va brendiga ega bo‘lgan, haqiqiy tadbirkorlarimiz sinfi shakllana boshladi.
Davlatimiz rahbari bir guruh tadbirkorlarni nomma-nom sanab, xizmatlarini alohida e’tirof etdi:
–Masalan, birgina Namangan viloyatida “Chust tekstil” (aka-uka Ismatullayevlar), “Art soft xolding” (aka-uka Boboxonovlar), Toshkent shahridagi “Texno Eksport” (Sherzod Qosimov), Toshkent viloyatida “Nyu Vey Indastriz” (Sardor Abbosxonov), Samarqandda “Oxalik Oltin bog‘i” (Olim Soliyev) kabi korxonalar o‘z faoliyatini “nol”dan boshlab, hozirgi kunda, 10-15 million dollarlik mahsulot eksport qilmoqdalar.
Ayni paytda ularning har biri, minglab ish o‘rinlarini yaratib, nufuzli yirik kompaniyalarga aylandi.
Bular kabi yuqori samarali korxonalar har bir hududda ko‘plab topiladi.
Andijonda “Dinar tekstil” (Xadiyatillo Tillaboyev), Qashqadaryoda “Bunyodkor” (G‘olib Erqulov), Sirdaryoda “Mega Lyuks” (Muhiddin Normatov), Farg‘onada “Farg‘ona Global tekstil” (Mo‘minjon Razaqov), Xorazmda “Xorazmteks” (Alisher Sobirov), Jizzaxda “Сангз́ор tekstil” (Otabek Xo‘jametov), Buxoroda “Parvoz Xumo Ravnaq trans” (Shermuhammad Ochilov), Surxondaryoda “Indenim klaster” (Sherzod Shoymardonov), Navoiyda “Baxt tekstil” (Bahriddin Mo‘minov) kabi korxonalar, qisqa muddatda ishlab chiqarish, eksport va ish o‘rinlarini 10-15 barobar oshirishga erishdilar.
Kamol Abdullayev, Qutlimurat Panayev, Murtazo Rahmatov, Ulug‘bek Sotiboldiyev, Ulug‘bek To‘xtaboyev, Murod Yoqubov, Zafar Hoshimov, Shavkat Jamolov, Murod Nazarov, aka-uka Mamasaidovlar, Farrux Fuzailov, Baxtiyor Azizxo‘jayev, Farxod Mamajanov, Bekzod Mamatqulov, Baxtiyor Umarov kabi nufuzli tadbirkorlarimiz, o‘z bizneslarini butun mamlakat miqyosida kengaytirmoqdalar, –dedi Prezidentimiz.
Muloqot davom etmoqda.
O‘zA