Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.
–Hech shubhasiz, keyingi yillarda Sizlar, iqtisodiyotimiz va islohotlarimiz tayanchiga, hamda lokomotiviga aylandingiz, deb aytishga, barcha asoslarimiz bor. Siz kabi ishning ko‘zini biladigan, ishbilarmon yurtdoshlarimiz timsolida, biz chin ma’nodagi Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarini ko‘ramiz, – dedi davlatimiz rahbari.
Mamlakatimizda har yili yaratilayotgan ish o‘rinlarining 90 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ularda hozirgi kunda, 5 milliondan ziyod aholi, ayniqsa, yoshlarimiz mehnat qilmoqdalar.
–Agar biz, iqtisodiyotimizni yanada yuksaltiramiz desak, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun, barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratib berishimiz zarur, deya tahkidladi Prezident.
Keyingi 3-4 yilda tadbirkor uchun kredit va subsidiya olish, litsenziya, ko‘chmas mulk va resurslarga ega bo‘lish, eksport kabi masalalarda, ko‘plab yangi-yangi imkoniyat va sharoitlarni yaratilgani alohida tahkidlandi.
Ortiqcha tekshirishlar, naqd pul, valyuta va xomashyo bo‘yicha mavjud cheklovlar, to‘siq va g‘ovlarning ko‘piga barham berildi.
Muloqot davom etmoqda.
O‘zA