Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti boshlandi.

Uchrashuvda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tizimli muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari muhokama qilinadi, tadbirkorlarning takliflari eshitiladi.

Muloqotda “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 600 ga yaqin tadbirkor, viloyat va tumanlardagi studiyalarda esa jami 10000 ga yaqin ishbilarmonlar ishtirok etmoqda.

 

O‘zA