Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabining 7-sinfiga bilimli, iqtidorli ӯquvchilarni qabul qilish hamda saralash uchun kirish imtihonining ikkinchi bosqichi, ya’ni test sinovlari bӯlib ӯtdi.

O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida saralash imtihonlari ikki bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqichda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmalari bilan hamkorlikda nomzodlarning ijodiy qobiliyati yozma va og‘zaki shaklda o‘rganildi. Ikkinchi bosqichda esa Davlat test markazi bilan hamkorlikda ona tili va adabiyot hamda ingliz tilidan test sinovlari o‘tkazildi.

– Xalq dostonlariga, badiiy adabiyotga qiziqaman, – deydi Mӯynoq tumanidan Ramazon Baxiyev. – Bӯsh vaqtlarimda hikoyalar yozib turaman. Orzuim O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida ta’lim olish.

Ijod maktabida jami 93 nafar talabgor kirish imtihonlarida ishtirok etdi. Shundan eng bilimli, iqtidorli 12 nafar ӯquvchi 7-sinfga qabul qilinadi.

 

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA