2-yanvardan boshlab Rossiya va Qozog‘iston temiryo‘l yo‘nalishlariga 45 foizgacha chegirmalar tatbiq etiladi 2018-yildan boshlab Rossiya va Qozog‘iston temiryo‘l yo‘nalishidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi reyslariga chegirmalar joriy qilinadi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati xabar tarqatdi.
2-yanvardan e’tiboran chiptalarning oldindan xarid qilish muddatiga qarab quyidagicha chegirmalar belgilandi:
– agarda yo‘lovchi kupe va maxsus vagonlar uchun chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 45-31 sutka oldin xarid qilsa, 45 foizlik chegirmaga ega bo‘ladi;
– agarda yo‘lovchi kupe va maxsus vagonlar uchun chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 30-6 sutka oldin xarid qilsa, 35 foizlik chegirma oladi;
– agarda yo‘lovchi plaskart vagonlar uchun chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 45-31 sutka oldin xarid qilsa, 35 foizlik chegirma taqdim etiladi;
– agarda yo‘lovchi plaskart vagonlar uchun chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 30-6 sutka oldin xarid qilsa, 35 foiz chegirma beriladi;
– agarda yo‘lovchi chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 5 sutka oldin va undan kamroq vaqt qolganda xarid qilsa, 5 foizlik ustama qo‘shilishi mumkin;
Mazkur chegirmalar ichki yo‘nalishlar, shuningdek, uyushgan yo‘lovchilar guruhiga nisbatan tatbiq etilmaydi.