Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida 2017- yil mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar jahon ommaviy axborot vositalari nigohida bo‘lib turdi.

Xususan, AQShning «The New York Times» nashri 2017- yil 27- noyabr kuni “O‘zbekiston o‘z eshiklarini ochmoqda” sarlavhali maqola e’lon qilgan. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni isloh etishni boshlagani ta’kidlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar qildi.

Jahon banki 2017- yilda O‘zbekiston biznes yuritish sharoitlarni sezilarli darajada yengillashtirgan o‘nta davlat qatoriga kirgani haqida xabar berib, korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, qurilishga ruxsat olish, minoritar investorlarni himoya qilish, soliqqa tortish va elektr ta’minoti tizimiga ulash sohalarida amalga oshirilgan islohotlarni qayd etdi.

Jahon bankining biznes yuritish sharoitlarining qulayligiga baho beradigan Doing Business reytingida O‘zbekiston 190 mamlakat ichida 74-o‘rinni egallab, Xitoy va Ukrainani ortda qoldirdi.

 

O‘zA