Poytaxtimizda Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi kengaytirilgan yigʻilishi davom etmoqda.
Yigʻilishda koronavirusga qarshi emlash jarayonlari haqida ham maʼlumot berildi. Shu kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 369 928 nafarga yetgan.
Aprel oyi oxirigacha yana bir million donadan ziyod vaksina olib kelinishi kutilayotgani aytildi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston olimlari ham vaksina ishlab chiqarish boʻyicha jiddiy izlanish olib borayotgani qayd etildi.
– Nasib etsa Oʻzbekiston yil oxirigacha oʻz vaksinasiga ega boʻladi, – dedi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Oripov.
Yigʻilish davom etmoqda.