Ko‘ksaroy qarorgohida Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati marosim jarayonidan videolavha havola qildi. Suratga tushish marosimidan so‘ng Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov shohsupaga ko‘tarildi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.