Ma’lumki, joriy yil 27 oktyabr kuni mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar ishlari agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur saylovlarda 541 nafar mahallalardagi yoshlar yetakchilari o‘z nomzodini ilgari surgan edi. Natijada 2 nafar yoshlar yetakchisi viloyat hamda 117 nafari esa tuman va shahar Kengashlari deputatligiga saylandi.
Bugungi kunda mahalladagi yoshlar yetakchilari mamlakatimizda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashishda faollik ko‘rsatmoqda. Xalqning ishonchi bilan deputatlikka saylangan yoshlar yetakchilarining bunday yutuqlarga erishishi ularga berilgan ishonch va imkoniyatlar natijasidir.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA