Bugungi kunda band bo‘lmagan fuqarolarga o‘zini o‘zi band qilgan holda ijtimoiy soliq to‘lash orqali ish stajiga ega bo‘lish imkoniyati yaratilgan.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi PQ-4742-son “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini-o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorida (https://lex.uz/docs/4849607) o‘zini-o‘zi band qiladigan shaxslar uchun 101 faoliyat turlaridan biri bilan shug‘ullanib, o‘zini o‘zi band qilgan holda ro‘yxatdan o‘tib, yiliga BHMning kamida bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lagan holda 1 yillik ish stajiga ega bo‘lishlari mumkin.
M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA