Chet elda yollanib ishlagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi quyidagicha aniqlanadi:

*2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallarining miqdoridan;

*2019 yil 1 yanvardan 2019 yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov miqdoridan;

*2020 yil 1 yanvardan — to‘langan ijtimoiy soliq miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarga pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Ushbu mavzu haqida Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bosh mutaxassisi Feruz Jo‘rayev batafsil ma’lumot beradi.

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA