Ma’lumki, kuni kecha 50 dan ortiq islom va arab davlati yetakchilari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) va Arab Ligasining ikkinchi favqulodda yig‘ilishida ishtirok etdi.

Mazkur navbatdan tashqari sammitda so‘zga chiqqan Eron vitse-prezidenti Muhammad Rizo Orif Isroilning G‘azo va Livandagi tajovuzini to‘xtatish bo‘yicha xalqaro mexanizm samarasizligini tanqid qilib, maqsadga erishish uchun islom va arab yetakchilarini “jamoaviy harakat”ga chaqirdi. U uch asosiy bosqichni o‘rtaga tashladi: Isroil hujumini to‘xtatish, harbiy harakat yana sodir bo‘lmasligi uchun zarur choralar ko‘rish hamda Falastin va Livan xalqiga yetkazilgan zararni yetarli darajada qoplash.