Poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanli tadbir davom etmoqda.
Prezidentimiz o‘z nutqida keyingi paytda oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha samarali ish olib borilayotganini qayd etdi.
Buni ajralish yoqasiga kelib qolgan, 23 mingga yaqin oila yarashtirilgani, ajrimlar soni 3 mingdan
ziyodga kamaygani ham, ko‘rsatib turibdi.
-Lekin bir achchiq haqiqatni tan olishimiz kerak. Bu raqamlar hamon yuqori bo‘lib qolmoqda, – dedi Prezident. – Oila – bu mehr va baxt qo‘rg‘oni.
Oila bor ekan, farzand degan bebaho ne’mat bor, insoniy qadr-qimmat va ma’naviyat bor. Oilaviy baxt bu – eng ulug‘ saodatdir.
Z.Jonibekov, O‘zA