Poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanli tadbir davom etmoqda.

So‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, oila institutini har tomonlama mustahkamlash bo‘yicha, salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz bu borada eng quyi bo‘g‘in – mahalla va xonadongacha kirib boradigan, vertikal tizim yaratilayotganini, alohida ta’kidladi.

-Xabaringiz bor, 26 fevral kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda, ana shu tizim asosida amalga oshirilgan ishlar va oldimizda turgan rejalarni, atroflicha muhokama qilgan edik, -dedi Prezidentimiz. -Ana shu muhim vazifalarni amalga oshirishda siz, hurmatli opa-singillarimiz bundan buyon ham faol ishtirok etasizlar, deb ishonaman.

Keyingi vaqtda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbariyati boshchiligida, respublika ishchi guruhi tuzilib, barcha hududlarda ayollarni  qiynayotgan muammolar aniqlandi.

Ushbu muammolar bo‘yicha manzilli ish olib borish uchun, mutlaqo yangi tizim – “Ayollar daftari” joriy etildi.

Keyingi 3 oyda respublika komissiyasi tomonidan ushbu “daftar”ga kiritilgan, 80 ming nafar

xotin-qizning muammolari hal etildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir ayollarning 32 ming nafari ish bilan ta’minlandi.

Инқирозѓа qarshi kurash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, salkam 17 ming nafar xotin-qizga amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Birgina “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 126 mingga yaqin ayollarga, imtiyozli kreditlar berildi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun, qariyb 215 ming oilaga, 6 trillion so‘mdan ziyod

kredit mablag‘lari ajratildi.

Qariyb 55 ming nafar xotin-qizlar, tadbirkorlik va kasb-hunar markazlari tomonidan o‘qitildi, hunarmandchilik va kasanachilikka jalb etildi.

“Besh muhim tashabbus” doirasida, chekka-chekka hududlarda tikuvchilik sexlari tashkil etilib, 10 ming nafar ayollar bandligi ta’minlandi.

Uy-joy sotib olish uchun, 1 ming 250 nafar opa-singillarimizga, qariyb 22 milliard so‘mlik boshlang‘ich badallar to‘lab berildi.

– Joriy yilda ham, ushbu xayrli ishlar davom ettiriladi va bu borada kuni-kecha yangi qarorni imzoladim,- dedi davlatimiz rahbari. -Unga ko‘ra, jamiyatda ayollarimizga bo‘lgan e’tiborni eng quyi bo‘g‘ingacha, mahallagacha tushirib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning yaxlit tizimi yaratilmoqda. Bundan buyon, O‘zbekistonda biror-bir ayol, davlat va jamiyatning e’tiboridan chetda qolmaydi.

Z.Jonibekov,O‘zA