Poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tmoqda.

Muhtasham koshonaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashrif buyurgan, jamiyat hayotining barcha jabhasida fidokorona mehnat qilayotgan ayollar, Zulfiyaxonim qizlari va mehmonlarni gullar bilan kutib olgan yigitlar zalga kuzatib qo‘di. Ular orasida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan chet ellik diplomat ayollar, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ham bor.

Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz xotin-qizlarini bayram bilan muborakbod etib nutq so‘zlamoqda.

– Inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona zoti, munis ayollarimizning o‘rni va ahamiyati beqiyos ekanini oddiy so‘zlar bilan ifoda etish nihoyatda qiyin bir vazifa. Mana shunday paytda Siz, azizlarning sha’ningizga madhiyalar aytish uchun odam shoir bo‘lib tug‘ilmaganiga beixtiyor afsuslanib qoladi, – dedi davlatimiz rahbari.

Z.Jonibekov, O‘zA