Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida jiu-jitsu bo‘yicha kattalar va U16, U18 yosh toifalarida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur chempionatda qit’aning 30 davlatidan kelgan 1 ming 500 ga yaqin sportchilar g‘oliblik uchun bahslashdi. Albatta, bu kabi nufuzli musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etishi tabiiy. Shu jumladan, 97 nafar sportchimiz turli yosh toifalarida g‘oliblik da’vosida bellashuvlarda ishtirok etdi. Quvonarlisi, Rizo Safarov hamda G‘ayrat Nabiyev boshchiligidagi terma jamoamiz 8 oltin, 12 kumush va 22 bronza jami 40 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Yana bir e’tiborga molik jihati, ilk bor kattalar o‘rtasida «NeWaza» yo‘nalishida ham medalga ega bo‘ldik. Aniqrog‘i, shu kunga qadar bu yo‘nalishda o‘zbekistonlik jiu-jitsuchilar kattalar o‘rtasida sovrindorlar qatoridan o‘rin olmagan edi. Yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan jiu-jitsuchisi Sarvarbek Rahmonberdiyev ushbu qora an’anaga chek qo‘ydi va kumush medalga ega chiqdi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA