O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi internet nashrlari ijodkorlari hamda ijtimoiy tarmoq faollari uchun “Eng yaxshi milliy kontent” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

Internet jurnalistikasi bo‘yicha:

1. “Kitobxonlik targ‘ibotiga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallar uchun”

2. “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan eng yaxshi materiallar uchun”

3. “Internet tarmog‘ida e’lon qilingan eng yaxshi milliy kontent uchun”

4. “Jadidlar haqidagi eng yaxshi materiallar uchun”

Ijtimoiy tarmoq faollari uchun:

1. “Bolalarni kitobxonlikka qiziqtirgan blog-postlari uchun”

2. “Ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar tarbiyasiga oid e’lon qilingan materiallari uchun”

3. “Milliy urf-odat va an’analarimiz aks etgan eng yaxshi materiallar uchun”

4. “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida milliy kontentni ko‘paytirishga qo‘shgan hissasi uchun”

(Hakamlar hay’ati a’zolari taklifi bilan ushbu nominatsiyalar nomi o‘zgarishi mumkin)

Har bir nominatsiya bo‘yicha bir nafar g‘olib aniqlanadi.

Tanlov g‘oliblarining har biri 10 mln so‘m pul mukofoti va diplom-plaketka bilan taqdirlanadi.

Tanlovga 2024 yil 1 yanvardan 1 sentyabrgacha bo‘lgan davrda milliy manfaatlarimizni ko‘zlagan tarzda yurtimiz va dunyoda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga xolis baho berilgan materiallar yaratishni ko‘paytirishga hissa qo‘shayotgan, Yangi O‘zbekiston ruhiga mos yangicha tafakkur tarzini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish orqali ularning ongu tafakkurini yuksaltirishga xizmat qiluvchi milliy kontent yaratayotgan elektron ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoq faollarining ushbu yo‘nalishda matn, audio, video ko‘rinishida e’lon qilgan materiallari (havola shaklida) joriy yilning 5 sentyabrigacha Uyushmaning 99-466-10-25 raqamiga ochilgan “O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi” telegrami orqali qabul qilinadi.

Tanlovga taqdim etiladigan jurnalistik materiallar soni beshtadan kam, yettitadan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Eslatib o‘tamiz, g‘oliblar internet nashrlari uchun alohida, ijtimoiy tarmoq faollari uchun alohida yo‘nalishlar bo‘yicha aniqlanadi.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:

  • muallif haqida qisqacha ma’lumot (ob’ektivka);
  • muallifning pasporti yoki ID-karta nusxasi;
  • muallifning telefon raqami, yashash manzili.

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi joriy yilning sentyabr oyida poytaxtimizda tantanali ravishda o‘tkaziladi.

Murojaat uchun telefonlar: 71-244-37-87, 71-244-64-62.