Yangi yil archasi bir yilda o‘n metrga "o‘sdi"

Surxondaryo viloyatida ham Yangi yil bayramini yuqori saviyada o‘tkazish uchun puxta hozirlik ko‘rilmoqda.

Mahalla, ko‘cha va xiyobonlar, korxona, tashkilot va muassasalar bayramona bezatilib, rang-barang tungi chiroqlar o‘rnatilayotir. Bayramoldi yarmarkalari tashkil etilib, oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda aholiga taklif qilinmoqda. Joylarda bayram tadbirlarining tinch-osoyishta va ko‘tarinki ruhda o‘tishi uchun yong‘in, yo‘l-transport va boshqa xavfsizlik choralari belgilab olingan.

3.jpg

Termiz shahridagi Bolajon bog‘i yonida o‘rnatilgan va bayramona bezatilgan 33 metrli archa, ayniqsa, bolalar va yoshlarga o‘zgacha zavq ulashmoqda.

4.jpg

– O‘tgan Yangi yil bayrami arafasida ham Termizga kelgan edim, – deydi denovlik Sh.Mannopov. – O‘shanda bu maydonga o‘rnatilgan archaning bo‘yini 20 metrdan baland deyishgan edi. Bu yil esa 30 metrdan ortiq. Qoyil-e, bir yilda o‘n metrdan ko‘proq “o‘sibdi”! Ulkan archa Yangi yil bayramiga o‘zgacha fayz berar ekan.

 

Xolmo‘min Mamatrayimov, Farhod Abdurasulov (surat), O‘zA