Davlat test markazining interaktiv xizmatlar portalida test natijalarini koʻrish boʻyicha qoʻshimcha imkoniyat yaratildi.

Davlat test markazi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, endilikda test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingandan so‘ng my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirmagan holda ham o‘z natijalarini bilishi mumkin.

Buning uchun mazkur saytdagi “Natijani ko‘rish” bo‘limiga test topshiriqlari kitobi raqami va sahifada keltirilgan arifmetik ifodaning qiymatini kiritish kifoya.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

*Test topshirilgan fanlar;

*har bir fan bo‘yicha test topshiriqlari soni;

*har bir fan bo‘yicha to‘g‘ri javoblar soni;

*har bir fan bo‘yicha umumiy to‘plangan ball;

*har bir test topshirig‘iga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob berilganligi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, diagnostik-test sinovida ishtirok etgan talabgorlar ham o‘z natijalarini shu yerdan bilishlari mumkin.

O‘zA