Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi ta’lim vazirliklarining yurtimizda rus tili va umumiy fanlarini rus tilida o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan “Zo‘r!” (“Klass”) loyihasi boshlangani haqida xabar berilgan edi.

A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti va Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti mazkur loyihada dastur operatori bo‘lib, Rossiyaning malakali mutaxassislari respublikamizdagi o‘zbek tilida dars o‘tiladigan maktablarda rus tili fani o‘qituvchilarining malakasini oshirishni ta’minlashi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha doirasida A.I.Gersen nomidagi Rossiya pedagogika universitetining 32 nafar mutaxassisi respublikamizning barcha hududlariga taqsimlangan holda mahalliy rus tili o‘qituvchilari va yuqori sinf o‘quvchilarning rus tilini bilish darajasini tahlil qildi.

“Zo‘r!” (“Klass”) loyihasining birinchi bosqichi sarhisob ham qilindi.

Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti O‘quv va metodik ishlar bo‘yicha prorektori, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Farhod Karimov ushbu loyiha haqida so‘zlab berdi.

Farhod Karimov “Mazkur loyihada yaxshi natija ko‘rsatgan mutaxassislar rag‘batlantiriladimi?”,”Unda ishtirok etgan o‘qituvchi va o‘quvchilar qanday natija ko‘rsatdi?”,”Bu loyihadan qanday natijalar kutilyapti?”, kabi savollarga javob berdi.

“Zo‘r” loyihasining 2-bosqichini amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Barno Meliqulova,

Yoqubjon Meliboyev (video), O‘zA