Mamlakatimizda jamoat transporti tizimini yaxshilash, yo‘lovchilarga sifatli va xavfsiz transport xizmatlarini ko‘rsatish, sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish borasida bir qancha chora-tadbirlar belgilab berilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi 3 oyda jami 127 ta avtobus ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich joriy yil mart oyida jami 66 donani tashkil etgan.

Xususan, yo‘nalishlardagi avtobuslar soni 1 ming 569 ta, yo‘lovchilar soni 1 million 86 ming 19 nafar, naqd pul to‘lovi 39,6 foiz, elektron to‘lov 60,4 foiz, qatnovlar soni 20 ming 986 va oraliq interval 8-10 daqiqadan iborat bo‘lgan.

Shuningdek, mavjud qonunchilikda “Brutto-shartnoma tizimini joriy etish, ya’ni yo‘lovchi tashishni moliyalashtirishni tashkil etishda qator vazifalar rejalashtirilgan. Soha vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda va bu yerda muhim afzallik aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jamoat transportini zarariga faoliyat yurituvchi toifadan kafolatlangan biznesga o‘tkazishdir.

Mazkur tizimning joriy etilishi nafaqat jamoat transporti ishini onlayn nazorat qilish va hisobini yuritish, balki soha uchun byudjet xarajatlarining oqilona prognozini ham olish imkonini beradi.

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA