Qozog‘istonning Ostona shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan qit’a birinchiligining bugungi dasturi doirasida yoshlar toifasidagi final bahslari bo‘lib o‘tadi.
Unda terma jamoamizning 10 nafar bokschisi oltin medal da’vosida ringga ko‘tariladi. Mazkur final bellashuvlarida jang qiladigan bokschilarimiz bilan tanishing:
-54 kg: Sobirjon Tastanov — Amantur Jumayev (Qirg‘iziston)
-57 kg: Nodirbek Allaberganov — Eshish Qais (Iordaniya)
-67 kg: Muhammadazizbek Ismoilov — Torehan Sabirhan (Qozog‘iston)
-86 kg: Akmaljon Isroilov — Imangali Nurpeis (Qozog‘iston)
-92 kg: Halimjon Mamasoliyev — Aryan (Hindiston)
+92 kg: Shahzod Polvonov — Amir Esmayeil (Eron)
-48 kg: Jasmin Tohirova — Yang Yin-Chi (Xitoy Taypeyi)
-57 kg: Feruza Sharipova — Ayazjan Yermek (Qozog‘iston)
-63 kg: Odinaxon Ismoilova — Sachin Sathe (Hindiston)
+81 kg: Sobiraxon Shahobiddinova — Panar Seithanqizi (Qozog‘iston)
Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatining ushbu toifasida Mironshoh Norqosimov, Abdulloh Tohirov, Samandar Habibullayev, Javohir Mehriddinov, Hilolaxon Mashrabova, Zilolaxon Yusupova hamda Uzukjamol Yunusova bronza medaliga ega chiqdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA