Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon 26 yanvar kuni parlamentga yo‘llagan Murojaatida mamlakatda COVID-19 tugaganini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, Tojikiston rahbari aholini avval joriy qilingan sanitariya-gigiyena tartiblariga amal qilishda davom etishga chaqirgan.
Tojikiston sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirusga chalinish holati oxirgi marta 10 yanvarda qayd etilgani haqida ma’lum qilgan edi.
Rasmiy statistikaga ko‘ra, pandemiya davrida Tojikistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 13 ming 308 ta holat qayd etilgan, 90 kishi hayotdan ko‘z yumgan.