Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 12 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 26 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati xodimlari kuni etib belgilangan.

Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat xizmatlarining shaffofligini hamda mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda eksport-import operatsiyalarining mutanosibligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish, investitsiya va eksport salohiyatini oshirish, aholining turmush sharoiti va sifatini yaxshilashda bojxona xizmati xodimlarining xizmati beqiyos.

Yurt ravnaqi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotgan bojxonachilar kasb bayramingiz muborak!

Oqil G‘ULOMOV(surat), O‘zA