Eksportchilar uyushmasining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda turizmni rivojlantirish, mehmonxonalar faoliyatini keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yish uchun qulay shart-sharoit yaratishga ko‘maklashish va turizm muhitini takomillashtirishga yordam berish maqsadida “Turizmni rivojlantirish” assotsiatsiyasi tuzildi.
Assotsiatsiya Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 18 yanvar kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
“Turizmni rivojlantirish” assotsiatsiyasi raisligiga Dilshodjon To‘lqinovich Odilov saylandi.
Dilshodjon Odilov 2005-2009 yillarda “ICOM” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, 2006-2009 yillarda “Grand Mir” savdo va marketing bo‘limi yetakchi mutaxassisi, 2009-2013 yillarda esa savdo va marketing bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Hozir “Dunyo bo‘ylab” telekanalining “Ish bor” realiti-shousi loyihasi muallifi, “HotelPro” mas’uliyati cheklangan jamiyati asoschisi va direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
O‘zA