Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi qator vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasining turli hududlarida murakkab vaziyatlarga tushib qolgan ko‘plab fuqarolarimizni mamlakatimizga olib kelmoqda.
Ana shu yo‘nalishdagi faoliyat davom ettirilib, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlaridan 13 nafar yurtdoshimiz 23 yanvar kuni Moskva – Toshkent yo‘nalishidagi charter reys orqali yurtimizga olib kelindi.
O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi bilan hamkorlikda olib kelingan yurtdoshlarimiz bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari profilaktik va tushuntirish tadbirlarini o‘tkazib, ular doimiy yashash manzillariga kuzatib qo‘yildi.