Nukus shahrida tadbirkor sifatida faoliyat olib borayotgan T.J. do‘konida savdodan tushgan pullarni hisob-kitob qilayotganida, kassadagi yangi bir dona 100 ming so‘mlik kupyuradan shubha qiladi va holat haqida ishki ishlar organlariga xabar beradi.
Mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilib, shu pulning haqiqatdan ham qalbaki ekanligi tasdiqlanadi. Qalbaki pulni tayyorlagan Nukus shahrida istiqomat qiluvchi 1999 yilda tug‘ilgan I.N. ismli fuqaro darhol qo‘lga olinadi.
Tergovgacha tekshiruv davomida I.N. pulni o‘zining yashash manzilida «Canon» rangli printerida chiqargani aniqlanib, uyidan xuddi shunday yana 4 dona kupyura topiladi.
Hozirda holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.