21 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida yog‘ingarchilik bo‘ladi (qor, yomg‘ir yog‘adi).

22 yanvar kuni respublikamiz hududlari bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘ladi (yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanadi).

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

21-22 yanvar kunlari shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, ba’zi joylarda kuchayish sekundiga 25-28 metrgacha bo‘lishi mumkin.

22-23 yanvar kunlari havo harorati kechasi 5-10, kunduzi 0-5 darajagacha sovuq, shimolda kechasi 12-15, kunduzi 5-8 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

22-23 yanvar kunlari havoning o‘rtacha sutkalik harorati me’yordan 8-10 daraja past bo‘ladi. Yo‘llarda yaxvonlik bo‘lishi mumkin.

21-22 yanvar kunlari respublikamizning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.