Toshkent davlat stomatologiya instituti va Finlyandiyaning JAMK universiteti hamkorligida tashkil etilgan «Medicine and innovations» ilmiy-amaliy jurnalining ilk soni mushtariylarga taqdim etildi.
Bu haqda institut matbuot kotibi Shohinur Mirzayev xabar bermoqda.
Jurnal konsepsiyasi ilg‘or mahalliĭ va chet el ilmiĭ hamda tibbiĭ bilimlarini targ‘ib kilish va tarqatish, yangi тиббиёт texnologiyalar бўлими – fundamental tadqiqotlar va ilmiĭ-amaliĭ тиббиёт ўртасидаги informatsion bog‘liqlikni ta’minlashga asoslangan.
Jurnalning 1-soni umume’tirof etilgan xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi – RINS va O‘zbekiston Oliy attestatsiya qo‘mitasi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, joriy yilda “Scopus va Web of science” a’zoligiga qabul qilish yuzasidan ro‘yxatdan o‘tmoqda.
«Medicine and innovations» jurnalining ushbu sonidagi 40 ga yaqin maqolalar “COVID-19”ga bag‘ishlangan bo‘lib, mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarning ushbu og‘ir kasallikni tashxislash, davolash va profilaktika qilish yo‘llarining dolzarb masalalariga qaratilgan.
Ma’lumot uchun, jurnal tahririyati O‘zbekiston, Finlyandiya, Angliya, Italiya, Chili, Yaponiya, Rossiya, Koreya Respublikasi, Belarus va Qozog‘iston davlatlari yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarining 28 nafar professoridan iborat.
«Medicine and innovations» jurnali tahririyati yosh tadqiqotchilar, magistratura talabalari va doktorantlarning tibbiyot, stomatologiya va farmakologiya yo‘nalishida yangi g‘oyalarni ishlab chiqarish va tatbiq etishda erishilayotgan natijalarni chop etishga, mualliflarni тиббиёт olamida munosib ўрин egallashlariga ko‘maklashadi.
Mohigul Qosimova, O‘zA