O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi chekli sovrinli o‘yinlarda o‘ynaladigan mukofotlar ro‘yxatini ko‘rib chiqdi va ularning sonini 25 tagacha oshirdi.
Bundan tashqari, endilikda har bir tirajda Chevrolet Spark avtomobili ham o‘ynaladigan bo‘ldi.
Soliq idorasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bu o‘zgartirishlar ijtimoiy tarmoqlardagi soliq xizmatining rasmiy sahifalarida o‘tkazilgan so‘rov natijalari sababli kiritilgan. Aksariyat so‘rov qatashchilari taklif etilayotgan o‘zgarishlarga ijobiy baho berib, “Ha, sovrinlar sonini 25 tagacha oshirish va har oyda Chevrolet Spark avtomobilini o‘yinga qo‘yish kerak”, deb javob bergan. Ikkinchi ko‘p uchraydigan javob: “Faqat pul mukofotlari va Chevrolet Gentra avtomobilini o‘ynash kerak”.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘tgan yilning yoz oyida chekli sovrinli o‘yinlarni yo‘lga qo‘ygan edi. Bu iste’molchilarni tovar xarid qilganda, chekni talab qilishga rag‘batlantirishi va shu orqali yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga xizmat qilishi kerak. 2020 yilda o‘yinning jami oltita tiraji bo‘lib o‘tdi, unda g‘oliblarga 120 ta sovrin, jumladan oltita Chevrolet Nexia 3 avtomobili topshirildi.
Onlayn-nazorat kassa mashinalarini qo‘llaydigan korxonalar soni oshgani ham ushbu loyihaning samaradorligidan dalolat beradi. Iyul oyida butun mamlakatda ularnig soni 26,7 mingtani tashkil etagan bo‘lsa, 2021yilning 4 yanvaridan – ular 100 mingdan oshdi. Chekli o‘yinlarni o‘tkazish davomida onlayn-nazorat kassa mashinalariga o‘tgan tadbirkorlar va virtual kassalar qariyb 14,2 trillion so‘mlik 51,5 millionta chek berishgan.
Chekli sovrinli o‘yinlar qonunbuzarliklarning tarqalishini aniqlash imkonini berdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘rnatilgan onlayn-nazorat kassa mashinalarining qariyb 46 foizi foydalanilmagan, ularga egalik qilgan savdogarlar esa, o‘z mahsulotlari uchun naqd pul olishni afzal bilgan.
Bu O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 221-moddasini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi. Unda shunday deyiladi: Nazorat-kassa texnikasining va (yoki) hisob-kitob terminallarining qo‘llanilishi majburiy bo‘lgani holda, ularni qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlarni, cheklarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek hisob-kitob terminallari orqali to‘lovlarni qabul qilishni rad etganlik — besh million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Soliq idorasida qayd etishlaricha, Toshkent shahri aholisi va mehmonlari chekli sovrinli o‘yinlarini katta qiziqish bilan kutib olishdi va tez-tez chek so‘rab sotuvchlarga murojaat qila boshladi. Rad javobi berilganda, ular soliq organlariga shikoyat qilishmoqda. Bu yuqorida ko‘rsatilgan qonunbuzarlikning ko‘lamini aniqlash imkonini berdi.
Soliq organlari bu hodisani yo‘qotish maqsadida profilaktika choralarini o‘tkazmoqda va qonunbuzarlarga nisbatan tegishli choralarni qo‘llamoqda.
Roman BONDARCHUK, O‘zA