O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Demiya Zuhayr Haddodni qabul qildi.
Vazir ishonch yorlig‘i nusxasini qabul qilib olib, elchini O‘zbekistonga tayinlangani bilan tabrikladi va unga mas’uliyatli diplomatik missiyasini bajarishda muvaffaqiyat tiladi.
Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqboli, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti hamda boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi aloqalar masalasi muhokama qilindi.
Turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Muzokarada tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.